AfzalliklarAupair
Aupair
Enagalik dasturi
Nemis oilasida yashab, bolalar parvarishi yordamchisi sifatida ishlash va tilni tabiiy muhitda o'rganish imkoniyati.
ConsultingUz bilan xamkorlikdaNima bu?
Aupair — mezbon oilada yashab, bolalar parvarishida ko'mak berish bilan birga tilni tabiiy muhitda o'rganish dasturi. Cho'ntak puli, yashash va ko'pincha ovqatlanish ta'minlanadi.
Til talabi
- Nemis A1–A2 (oilaviy kommunikatsiya uchun yetarli daraja)
- Til kursini davom ettirish uchun vaqt va imkon yaratilib beriladi
Shartlar
- Yosh: odatda 18–26
- Davomiylik: 6–12 oy
- Haftalik soat: 25–30 soat atrofida
- Cho'ntak puli (taschengeld) oyiga ~280–400 €
- Yashash va ovqatlanish oiladan
Afzalliklar
- Til muhitida yashash va tez rivojlanish
- Madaniyatni yaqinroq bilish
- Keyingi ta'lim yoki ishga tayyorgarlik
Hujjatlar ro'yxati
- CV, motivatsion xat
- Pasport va rasm
- Bolalar bilan tajriba (bo'lsa) yoki tavsiyanoma
Jarayon
01Profil yaratish va mos oila bilan match qilish
02Intervyu va shartnomani kelishish
03Viza hujjatlari: sug'urta, yashash joyi va kafolatlar
04Kelgach, ro'yxatdan o'tish va kursga yozilish
Bizning yordam
- Oila bilan match va shartnoma maslahati
- Viza va safarga tayyorgarlik bo'yicha yo'riqnoma